Joriy yilning 22 dekbar kuni Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo`lib o`tadi. Mamlakatdagi 5 siyosiy partiya allaqachon o`z nomzodlarini olg`a surib bo`ldi.
Unga ko`ra, nomzodlar orasida Toshkent shahar hokimi – senator Jahongir Ortiqxo`jaevning ham nomi bor. Uning nomzodi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O`zbekiston Liberal demokratik partiyasi tomonidan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatligiga 48-“Tinchlik” saylov okrugidan ilgari surilmoqda.
Jahongir Ortiqxo`jaev 1975 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Millati – o`zbek. Ma`lumoti – oliy. 1996 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
1996-2011 yillarda “Jahongir” MChJ direktori;
2011-2017 yillarda “Artel Injiniring” MChJ direktori;
2017-2018 yillarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida ob`ektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi DUK rahbari lavozimlarida ishlagan.
2018 yilning aprel oyidan boshlab Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ma`lumot o`rnida, 2018 yilning 1 iyul kuni bo`lib o`tgan saylov natijalariga ko`ra, O`zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Jahongir Ortiqxo`jaevning nomzodi ilgari surildi va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputati etib saylandi. Uning nomzodi 23-“Moyqo`rg`on” saylov okrugida O`zLidep partiyasidan ko`rsatilgandi.
2018 yilning 18 sentyabr kuni Jahongir Ortiqxo`jaev O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan Oliy Majlis Senati a`zosi sifatida ro`yxatga olindi.