AsosiyDunyo

Rassom gugurt cho`plari yordamida san`at asari yaratdi

'Rassom gugurt cho`plari yordamida san`at asari yaratdi'ning rasmi

Ukrainalik rassom Bogdan Senchukov Ginnes rekordlari kitobiga kirish uchun dastlabgi qadamlarni qo`ydi: dunyodagi eng yirik musiqa asboblarini gugurt tayoqchalari yordamida yasadi.

Allaqachon uning ijodiga mansub ikkita gitara, akkordeon, skripka va baraban bir guruh musiqachilar tomonidan betakror, deya ta`riflanmoqda

Shuni alohida ta`kidlab o`tish lozimki, Senchukovning turli maketlarni yasashga, umuman san`atga bo`lgan qiziqishi maktab davrlaridanoq boshlangan va shu vaqtdan boshlab u qo`lda tayyorlangan buyumlarni, shu jumladan World of tanks kompyuter o`yini va Eyfel minorasining miniatyurasini yaratgan

«Men cholg`u asboblaridan musiqa ovozi taralganda nimani his qilishimni so`zlarda ifodalab berolmayman. Shu oddiy asboblardan shu qadar nafis kuyning ijro etilayotgani odamni hayratga soladi», deydi rassom.

Ma`lumki, zamonaviy cholg`u asboblarining aksariyati qayin yoki akasiya daraxtidan tayyorlanadi.Senchukovning asboblari esa ulardan keskin farq qiladi: rassom bu borada butkul noodatiy usullarga murojaat qilishni xush ko`radi.

Boshqa yangiliklar