AsosiyDunyo

230 ortiq passajirning hayotini saqlab qolgan uchuvchilarga Rossiya Qahramoni unvoni berildi

'230 ortiq passajirning hayotini saqlab qolgan uchuvchilarga Rossiya Qahramoni unvoni berildi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Ural airlines”ning ikki nafar uchuvchisi – Damir Yusupov hamda Georfiy Murzinlarni Rossiya Qahramoni unvoni bilan taqdirladi. Taqdirlash marosimi Kremlning Ekaterina zalida o`tkazildi. Bu haqda TASS xabar qildi.

Uchuvchilar shu yilning 15 avgustida o`z boshqaruvidagi Airbus A321 samolyotini Moskva viloyati Jukovskiy aeroporti yaqinidagi makkajo`xori dalasiga qo`ndirib aviahalokatning oldini olishga muvaffaq bo`lgan edi.

Yusupov va Murzinni “favqulodda vaziyatda xizmat vazifasini bajarishda ko`rsatgan jasorati uchun ”Rossiya Qahramoni sifatida taqdirlash to`g`risida"gi buyruq 16 avgust kuni imzolangan edi. Ekipajning boshqa a`zolari “Jasorat” medaliga sazovor bo`lishdi. Ularga Rossiya transport vaziri Evgeniy Ditrix mukofotni topshirgan.

Boshqa yangiliklar