“Maqom san`atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni tashkil etish to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020/2021 o`quv yilidan boshlab quyidagilar tashkil etiladi:
*Toshkent shahrida Respublika maqom san`atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat;
*Farg`ona va Xorazm viloyatlaridagi (tegishlicha 1 va 11-son) bolalar musiqa va san`at maktablari hamda Buxoro viloyatidagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktab-internati negizida maqom san`atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar.
Maqom san`ati bo`yicha bilim va tushunchalarni, tarixiy va milliy an`analarni puxta egallagan yosh kadrlarni tayyorlash maqom maktab-internatlarining asosiy vazifalaridan biridir.
Maqom maktab-internatlari Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasasi hisoblanadi.
2020/2021 o`quv yilida maqom maktab-internatlarining 5, 6 va 7-sinflariga, 2021/2022 o`quv yilidan boshlab esa – 5-sinfiga 30 nafardan o`quvchilar tanlov asosida qabul qilinadilar