AsosiyDunyo

Kelajak bizga va`da qilayotgan g`aroyib 10 ta tematik xiyobon

Zamonaviy dunyo sarguzasht izlovchilar, ishtiyoqqa boy va shirinliklarga “suyagi yo`qlar” uchun katta va`dalar bermoqda. Albatta, bu turdagi odamlarni umumiy bir narsa qiziqtiradi. Ajabtovur tematik istirohat bog`lari! Ularning eng zo`rlari yaqin kelajakda barpo etiladi. Keling, ularni ko`rib chiqamiz., deb yozadi xabardor.uz

“Avatar Land” Orlando. AQSh

“Uolt Disney” kompaniyasi rahbari Robert Iger tomonidan 2011 yilda birinchi marta e`lon qilingan “Avatarlar eri”da Jeyms Kameronning dunyoga mashhur filmi va Pandorra sayyorasiga hayot bahsh etiladi. “Disney” bog`ning 2017 yilda ochilishi va dunyo tarixida yaratilgan eng realistik animatroniklarga ega bo`lishi haqida jar solayapti. 

Atlantis. Sanya. Xitoy

Hozirda Xitoyning go`zal Hainan orolida qurilish ishlari olib borilayotgan uchinchi Atlantis tematik bog`i 2016 yilda ochilishi rejalashtirilgan. Mazkur janubiy orol ko`pincha Gavayi va Dubayga qiyoslanadi va albatta, istirohat maskani ishga tushishi orqali tashrif buyuruvchilarga unutilmas lahzalarni taklif etadi.

“Paramount Park” Kent. Buyuk Britaniya

Oxirgi o`n yil ichida dunyo bo`ylab anchagina Paramaunt bog`lari bo`lishi haqida e`lon qilishgan edi. Xitoy, Koreya, Dubay, Ispaniya va Yaponiyada shunday bog`lar ochilishi intiqlik bilan kutildi, ammo ularning hech biri qurilmadi. Oxir oqibat, “Paramount” yaxshigina manzil tanlab, Angliyaning Kent shahrida o`zining xiyoboni qurayapti. Ushbu bog` haqida aniq ma`lumotlar kam, biroq u 2020 yilgi pasxa tantanalarida ishga tushishi va studiya tomonidan yaratilgan eng shov-shuvli filmlardan biri – “Yulduzlar yo`li va topshiriq”ning o`ziga xosliklari bilan bezatilishi taxmin qilinmoqda.

20 asr Foks dunyosi. Gentsing. Malayziya

Axiyri, “20 asr Foks” kompaniyasi o`zining tematik bog`iga ega bo`ladi. Albatta, Sidneyda kompaniyaga tegishli kichkina studiya bog`i bor, lekin, aytishlaricha, bu loyiha Gentsing tepaliklarida qad ko`taradigan misli ko`rilmagan tog` cho`qqisi ustidagi dam olish maskani bo`ladi. 2016 yilgacha ochilmasligi ta`kidlanayotgan bo`lsa-da, odamlar bog`da “Muzlik davri”, “Begona yirtqichga qarshi”, “Muzeydagi tun” hamda “Maymunlar sayyorasi” filmlari bilan bog`liq attraksionlar bo`lishi haqida taxminlar bor.

Dubai Parks & Resorts” Jebel Eli. Birlashgan Arab Amirliklari

Shubhasiz, oxirgi yillarda Er kurrasidagi eng zavqli manzillardan biri Dubay bo`lib bormoqda. Dubay Parks end Rezorts aslida uchta maxsus tematik parklari bilan jamoatchilik e`tiborini jalb qilmoqda. Ular “Ettinchi Legolend”, “Bollivud dunyosi” va butunlay “Dreamworks” studiyasiga bag`ishlangan “Motiongate Dubai” parklaridir. Bu ko`ngilochar joylari aslida katta maqsadlarni oldiga qo`ygan “Dubailand” loyihasining bir qismi bo`lgan. Yirik loyiha hozirda qurilayotgan 22ta attraksionni o`z ichiga oladi. Ammo tashkilotchilar qarorlarini bu uchta bog` qurish rejasi bilan o`zgartirib, alkogolta`qiqlangan va oilabop ko`rkam manzil barpo etishni niyat qildilar.

Shanxay Disneylendi. Xitoy.

1955 yilda Anaxeymda ilk Disneylend ochilganidan beri deyarli har o`n yilda “Disney” kompaniyasi yangicha tematik bog`ni ishga tushirib keladi. Bu o`n yillikning shunday bog`i Shanxay Disneylendi bo`ladi. Unda klassik Disney mo`jizalari va biroz Xitoy ertaknamoligi uyg`unligi bo`lishi uning g`ayriodatiyligini ta`minlaydi. Eng zo`r yangilik shuki, u 2015 yilning dekabr oyidan dam olish niyatidagilarga xizmat ko`rsatish eshiklarini ochadi. 

IMG Sarguzashtlar olami. Dubay. BAA

Xo`sh, bu parkning boshqalaridan farqi nimada? Bu sayyoramizdagi eng ulkan ichkaridagi tematik park bo`ladi! “Sarguzashtlar olami” aslida Dubaylend loyihasining bir qismi bo`lib, uning ichida “Cartoon Network” uchun maxus maydon va “Marvel” komikslari hududi tashkil etiladi.

“Universal Studios” Moskva. Rossiya

Yana bir bino ichkarisida joylashgan tematik bog` Moskva Yuniversal Studios 2012 yildagi e`longa ko`ra 2018 yilda o`z faoliyatini boshlashi kerak. Ajablanarlisi shuki, shunday katta mamlakatda zamonaviy tematik istirohat maskani o`zida ulkanlik xususiyatlarini deyarli mujassamlashtirmaydi. “Universal” Rossiyada qurilish ishlarini olib borish istagidagi ko`p kompaniyalar ichida birinchi bo`ldi. Ular ichida “Dreamworks” ham bor edi. Xullas, Yuniversal Studiosning muvaffaqiyatli faoliyati tufayli endi Moskvadan tashqari yana Sankt-Peterburg va Ekaterinburg shaharlarida ham shunday parklar yaratilishiga umid paydo bo`lmoqda. 

 “Universal Studios” Pekin. Xitoy

Xitoyning nafaqat Disneylend kurortiga, balki “Universal Studios” tematik bog`iga ham ega bo`lishi kutilmoqda. 2019 yilda ochilishi rejalashtirilayotgan park 3,3 milliard AQSh dollariga baholanishi kutilayapti. Tematik bog`lar haqidagi onlayn nashr bergan ma`lumotlarga ko`ra, u 1000 akr maydonda qad rostlaydi va Stiven Spilberg g`oyasi asosida loyihalashtiriladi.

“Wanda Group” Xitoy

Xitoy bo`ylab ishga tushiriladigan “Disney” va “Universal Studios” parklari bilan raqobatlashadigan milliy bog` bo`lishi hayratlanarli emas. Axir xitoyliklardan buni kutsa bo`ladi. Shanxay g`arbida, Disney bog`iga juda yaqin manzilda “Wanda” bog`i qurilmoqda Uning qiymati 5,9 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Ha, anchayin jiddiy raqobat bo`lishiga shubha yo`q.

    Boshqa yangiliklar