1

O`zbekiston fuqarolarining 98 foizi oilasining moddiy farovonligini barqaror, deb baholaydi

Jamiyat 22.01.2015, 09:19
O`zbekiston fuqarolarining 98 foizi oilasining moddiy farovonligini barqaror, deb baholaydi

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o`rganish markazining navbatdagi so`rovida ishtirok etganlarning qariyb 98 foizi 2014 yil mamlakatimiz aholisi uchun muvaffaqiyatli kechib, jamiyat va har bir inson hayotiga katta ijobiy o`zgarishlar olib kirdi, deb fikr bildirdi.

Sosiologik tadqiqotda shaharu qishloqlardagi hamyurtlarimiz, xususan, erkaklar va ayollar, turli yosh, millat, e`tiqod vakillari qatnashdi.

Respondentlarga “2014 yilda eng ko`p nimadan quvondingiz?” degan savol berilganda, ular o`zlarining shaxsiy muvaffaqiyatlari qatorida O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ravnaqi uchun yaratilgan qulayliklar, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta`minlash darajasi, ta`lim hamda tibbiy xizmat ko`rsatish sifati oshganini alohida e`tirof etishdi.

Fuqarolarning ko`pchilik qismi o`tgan yili o`z moddiy, uy-joy va maishiy holatini ancha yaxshilab olganini aytgan. Ularning 98 foizi oilasi moddiy farovonligini barqaror, deb baholashdi.

Respondentlar tomonidan har ikki oilaning bittasida avtomobil, shuningdek, kir yuvish mashinasi, changyutkich, parabolik antenna, kompyuter kabilar mavjudligi aytib o`tildi. Bu haqda "Ijtimoiy fikr" markazi materiallari asosida "Xalq so`zi" gazetasi xabar qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1