1

Chinoz tumanida somondan qog`oz ishlab chiqarilmoqda

Jamiyat 22.01.2015, 09:20
Chinoz tumanida somondan qog`oz ishlab chiqarilmoqda

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida faoliyatini boshlagan “Perfect paper” MChJ tomonidan Xitoydan keltirilgan zamonaviy texnologik liniyalar yordamida oddiy somondan qog`oz ishlab chiqarish o`zlashtirildi.

Bu haqda “Xalq so`zi” gazetasi yozishicha, o`simlik qoldiqlari bir necha murakkab texnologik jarayondan o`tib, suyuq qotishmaga, keyin esa oq-sariq tusdagi silliqlangan qog`ozga aylanadi.

“Qog`oz sanoatida sellyulozaning o`rni beqiyos. Biroq Er yuzida “yashil boylik”lar kamayib borayotgani inobatga olinsa, bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishda muqobil manbalardan kengroq foydalanish muhim sanaladi”, - deyiladi gazeta xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1