Invest in Samarkand birinchi xalqaro investision forumi davomida Samarqand viloyati futbol assosiasiyasi va Ispaniyaning «Real Madrid» futbol akademiyasi o`rtasida kelishuv memorandumi imzolandi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov forum doirasida «Real» klubining Markaziy Osiyo va Afrika qit`asi bo`yicha maxsus vakili Inigo Arenillasni qabul qildi.
Uchrashuv davomida Samarqandda «Qirollik klubi» akademiyasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda ikkala tomon mazkur hamkorlikni amalga oshirish bo`yicha o`z fikr-mulohazalari, talab va takliflarini bildirdi.
Yakunda kelishuv memorandumi imzolandi.






