1

O`zbekiston Osiyoning eng boy tarixiy merosga ega mamlakati deb topildi

Madaniyat 24.11.2019, 18:20
Teglar: turizm, madaniy meros, O`zbekiston
O`zbekiston Osiyoning eng boy tarixiy merosga ega mamlakati deb topildi

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 22 noyabr kuni Kuala-Lumpur shahrida Malayziya turizm, san`at va madaniyat vaziri o`rinbosari Muhammad Baxtiyor bin Van Chik O`zbekiston elchisi Ravshan Usmonovga tegishli diplomni topshirdi.

Taqdirlash marosimi yillik marosim davomida bo`lib o`tgan. G`oliblar Malayziyaning “Research House of Asia Media” kompaniyasi tomonidan o`tkazilgan Osiyo mintaqasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha ijtimoiy va marketing tadqiqotlari natijalari asosida aniqlangan.

Taqdirlash marosimida Osiyoning 20 dan ziyod mamlakatidan 1000ga yaqin kishi ishtirok etgan.

Xabarda marosimda O`zbekistonda YuNESKO Butunjahon merosiga kiritilgan beshta ob`ekt joylashgani qayd etilgani qo`shimcha qilingan.

Eslatib o`tamiz, avvaroq O`zbekiston eng yaxshi madaniy-tarixiy turistik yo`nalish sifatida e`tirof etilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1