1

O`tgan hafta mobaynida O`zbekistonda 185 ta yong`in sodir bo`ldi

Jamiyat 22.01.2015, 09:45
O`tgan hafta mobaynida O`zbekistonda 185 ta yong`in sodir bo`ldi

Farg`ona shahrida yashovchi D.Avazmetovaning uyida isitish pechining yonida turgan elim idishdagi engil alangalanuvchi suyuqlikning (benzin) qizib ketishi oqibatida yong`in sodir bo`lib, uyning 35 kv. metr maydonda tomi va shifti yonib zararlangan. Bu haqda daryo.uz Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib, xabar bermoqda.

Yong`in o`chirish vaqtida uy egasi kuyish tan jarohati olgan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida yashovchi T.Ikramovaning kelini S.Ikramova paxta yog`ini dog`lash uchun gaz plitasiga qo`yib, boshqa uy yumushlari bilan band bo`lgan. Uy bekasining xayolidan ko`tarilgan paxta yog`i qizib ketishi natijasida alangalanib, uyning 90 kv. metr maydonda tom qismi va jihozlarining yonib zararlanishiga sabab bo`ldi.

O`tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida 185 ta yong`inlar sodir bo`lganligi qayd etilgan.

Turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda 8 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan va 1 nafar fuqaro halok bo`lgan. Ushbu yong`inlarda 1 milliard 95 million 659 ming so`mdan ortiq qurilish materiallari va 713 million 892 ming  so`mga yaqin moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1