1

Davlat soliq xizmati organlarining ikki nafar rahbari layoqatsizligi uchun lavozimidan ozod etildi

Jamiyat 22.01.2015, 09:46
Davlat soliq xizmati organlarining ikki nafar rahbari layoqatsizligi uchun lavozimidan ozod etildi

O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasining Hay`at yig`ilishi bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda Davlat soliq qo`mitasi axborot xizmati. Unda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari hamda tizim tarkibiga kiruvchi ta`lim muasasasalari va markazlar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig`ilishda Davlat soliq xizmati organlarining o`tgan yilgi faoliyatida yo`l qo`yilgan kamchiliklar va ularning bartaraf etilishi ahvoli, soliqlar yig`iluvchanligini oshirish, soliq qarzi va ortiqcha to`lovni qisqartirish borasidagi ishlarning natijadorligi yuzasidan Andijon, Namangan, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari davlat soliq boshqarmalari rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Muhokama natijalari bo`yicha, markaziy apparat tuzilmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbarlarining faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo`l qo`yganligi uchun 2 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi va 31 nafariga tegishli intizomiy jazo choralari qo`llanildi.

Yakunda davlat soliq xizmati organlari zimmasiga yuklatilgan dolzarb vazifalarni sifatli bajarish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1