AsosiyMadaniyat

“Alla” filmi “Bastau” xalqaro kinofestivalida qatnashadi

'“Alla” filmi “Bastau” xalqaro kinofestivalida qatnashadi'ning rasmi

Yosh kinorejissyor Fotih Nasimovning “Alla” nomli qisqa metrajli filmi Qozog`istonning Almati shahrida bo`lib o`tadigan “Bastau” xalqaro kinofestivalida qatnashadi.

Sakkizinchi bor o`tkazilayotgan “Bastau” xalqaro kinofestivalida talabalar va kino maktablari o`quvchilari o`z filmlari bilan ishtirok etishadi.

“Alla” qisqa metrajli filmini Fotih Nasimov diplom ishi sifatida, davlat granti asosida suratga olgan. 

Fotih Nasimov ayni paytda O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti magistridir. 

    Boshqa yangiliklar