AsosiyJamiyat

Endi bankdan qarz oluvchi istagan sug`urta kompaniyasini tanlashi mumkin

'Endi bankdan qarz oluvchi istagan sug`urta kompaniyasini tanlashi mumkin'ning rasmi

 

Bank xizmatlari iste`molchilari bilan o`zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo`yiladigan minimal talablar to`g`risidagi nizomga qo`shimchalar kiritish haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi.

Kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, endilikda, bank qarz oluvchining va (yoki) garovga qo`yuvchining sug`urta kompaniyasi va (yoki) baholovchini tanlash huquqini cheklamaydi.

Shuningdek, bank qarz oluvchi tomonidan kredit (qarz) bo`yicha qarzdorlik summasini to`lash majburiyati to`liq bajarilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmagan holda mazkur qarz bo`yicha:

* garovda turgan mulkni taqiqdan chiqarish;

*garov sifatida bo`lgan mol-mulkka nisbatan bankning huquqlari to`g`risidagi yozuvni garov reestridan chiqarish choralarini ko`rishi shartligi belgilandi.

Hujjat haqidagi to`liq ma`lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin

Boshqa yangiliklar