Qoraqalpog`istonda 2015 yilda 650 ta namunaviy uy-joy quriladi

Jamiyat 22.01.2015, 12:48
Qoraqalpog`istonda 2015 yilda 650 ta namunaviy uy-joy quriladi

O`zbekistonda qabul qilingan 2016−2016 yillarda qishloq joylarida namunaviy loyihalar bo`yicha uy-joy qurish dasturiga binoan Qoraqalpog`iston Respublikasida 2015 yilda 650 ta namunaviy uy-joy quriladi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Today.

Qurilishlar umumiy maydoni 131 gektardan ortiq hududda joylashadigan 15 ta yangi mavzeni o`z ichiga oladi. 15 kilometrlik suv ta`minoti, 14,8 kilometrlik elektr, 15,4 kilometrlik gaz va 13,2 kilometrlik yo`l qurilishi davom ettiriladi. 6 ta ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob`ektlari quriladi.

Eslatib o`tamiz, 2015 yilda butun respublika bo`yicha turar-joy binolarining qurilishiga Osiyo taraqqiyot baking umumiy 500 millon dollarlik moliyaviy loyihasining uchinchi transhi doirasida 100 million dollar ajratiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1