Boks bo`yicha beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezerning navbatdagi janglari haqida ma`lumot paydo bo`ldi.
TMZ'ning xabar qilishicha, Meyvezer 2020 yilda ikkita jang o`tkazadi. Birinchisi bokschiga qarshi bo`ladi. Raqib katta ehtimol bilan Menni Pakyao bo`lishi kutilmoqda. 2015 yilda Floyd filippinlik bokschini ochkolar hisobiga ko`ra mag`lub etgandi.
Ikkinchi bahs esa UFC jangchisi bilan o`tkaziladi. Floyd promoushen engil vazn toifasining chempioni Habib Nurmagomedov variantini ko`rib chiqmoqda.






