Professional boksning super engil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan Fazliddin G`oibnazarov (7-1, 4 KO) uzoq tanaffusdan so`ng yana ringga qaytmoqda. Bu haqda GoSport.uz manbalari xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, G`oibnazarov o`zining 9-jangini 16 dekabr kuni Qozog`istonning Almati shahrida bo`lib o`tadigan boks oqshomida o`tkazadi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma`lum emas. Mazkur boks oqshomi MTK Kazakhstan promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilmoqda.
Eslatib o`tamiz, G`oyibnazarov so`nggi marta 11 may kuni Maykal Foksga (21-1, 5 KO) qarshi ringga chiqib, ochkolar hisobiga ko`ra, mag`lubiyatga uchragandi. Shundan so`ng u AQShdan O`zbekistonga qaytib kelgan. Hozircha uning qachon Amerikaga qaytib borishi ma`lum emas.