Shu kunlarda poytaxtimizda taekvondo ITF bo`yicha O`zbekiston Kubogi musobaqalari o`z yakuniga etdi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Butunjahon yakka kurashlari va jang san`ati prezidenti, professor Jianni Saritsu ham ishtirok etdi.
Musobaqalar yakunida janob Jianni O`zbekiston taekvondo Milliy Assosiasiyasi raisi Laziz Hasanovni Butunjahon yakka kurashlar va jang san`ati WASCO federasiyasining birinchi vise-prezidenti etib saylanganini e`lon qilgan.
Shuningdek, Saritsu Laziz Hasanovga qora belbog` 9-DAN sohibini anglatuvchi maxsus sertifikatni ham topshirgan.
Shuningdek, G`ofurjon Abduvaliev O`zbekiston WASCO federasiyasi prezidenti etib saylangan.