AsosiyJamiyat

Toshkentda Xaridor 8 ming AQSh dollarlik kurtkani qarzga olib “uxlatdi”

'Toshkentda Xaridor 8 ming AQSh dollarlik kurtkani qarzga olib “uxlatdi”'ning rasmi

Ichki ishlar organlariga xususiy tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi 47 yoshli Ra`no Yu. ariza bilan murojaat qildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB. 

Arizada 29-sentyabr kuni u bilan narxi 8 000 AQSh dollari bo`lgan 20 ta charim(teri)dan bo`lgan kurtkalarni sotib olishni kelishgan 59 yoshli Abdulla U.ga nisbatan chora ko`rish so`ralgan.

Aniqlanishicha, Abdulla molni olib, pullarni 2-3 soatdan keyin olib kelib berish haqida va`dalashgan, ammo o`z va`dasida turmagan. 

Ushbu fakt asosida Abdulla U.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

Boshqa yangiliklar