1

Nig`matilla Yo`ldoshev O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senat Raisi etib saylandi

Jamiyat 23.01.2015, 08:54
Nig`matilla Yo`ldoshev O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senat Raisi etib saylandi

Toshkentda 22 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi bo`lib o`tdi. Majlisda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi, deya xabar qiladi O`zbekiston Milliy axborot agentligi.
Yig`ilishda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Mamlakatimiz qonunchiligiga muvofiq majlisni Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov ochdi. Senatorlar Senat birinchi majlisining kotibiyatini, elektron tizimdan foydalanish bo`yicha nazorat guruhini sayladi, kun tartibini tasdiqladi.
Majlisda Senatni shakllantirish ochiqlik va transparentlik kabi demokratik prinsiplar asosida, milliy saylov qonunchiligimiz talablariga to`la muvofiq o`tgani ta`kidlandi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, viloyat, tuman va shahar kengashlarining qo`shma majlislarida 84 senator saylandi. Prezidentimiz tomonidan 16 nafar Senat a`zosi tayinlandi.

Senat davlat va jamiyat faoliyatining fan, san`at, adabiyot, ishlab chiqarish va boshqa sohalarida alohida xizmat ko`rsatgan, katta hayotiy tajriba va obro`-e`tiborga ega fuqarolardan shakllantirilgani qayd etildi.
Majlisda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so`zladi.
Majlis ishtirokchilari Senat faoliyatini tashkil etish bilan bog`liq masalalarni ko`rib chiqdi.
Prezident Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi va uning o`rinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni taqdim etdi.
Senat a`zolari yashirin ovoz berish yo`li bilan Senat Raisi lavozimiga Nig`matilla Yo`ldoshevni, Rais o`rinbosarlari etib Svetlana Ortiqova va Musa Erniyazovni sayladi.
Majlisda senatorlar Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari, Qonunchilik va sud-huquq masalalari, Mudofaa va xavfsizlik masalalari, Tashqi siyosat masalalari, Fan, ta`lim, madaniyat va sport masalalari, Agrar, suv xo`jaligi masalalari va ekologiya qo`mitalarini tashkil etdi hamda ularning raislarini sayladi. Senatning Reglament va odob komissiyasi ham tuzildi.
Majlisda ko`rilgan barcha masalalar yuzasidan Senat qarorlari qabul qilindi.
Shu bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi nihoyasiga etdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1