1

Hukumat kartoshka, piyoz, sabzi, guruchning zaxira hajmlarini belgiladi

Siyosat 26.11.2019, 14:32
Hukumat kartoshka, piyoz, sabzi, guruchning zaxira hajmlarini belgiladi

Hukumat tomonidan “2019-2020 yilgi qish-bahor mavsumida respublika aholisini va ijtimoiy soha muassasalarini asosiy turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan kafolatli ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaror qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qaror bilan 2019-2020 yilgi qish-bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg`arishning prognoz hajmlari tasdiqlandi.

Unga ko`ra, 4 ta asosiy turdagi (kartoshka, piyoz, sabzi, guruch) qishloq xo`jaligi mahsulotlarining respublika bo`yicha jami zaxira hajmi 414 399 tonna etib belgilandi.

Shuningdek, ushbu mahsulotlarni zaxiraga g`amlash uchun mahsulot ishlab chiqaruvchilar, tayyorlov tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari o`rtasida istisno tariqasida to`g`ridan-to`g`ri kontraktasiya shartnomalari tuziladi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvarga qadar zaxiraga qo`yilgan mahsulotni ichki iste`mol bozoriga etkazib berish va savdo shoxobchalarini joylashtirish jadvallari ishlab chiqiladi.

Bunda, mahsulotlar respublikaning barcha mintaqalari, shu jumladan, tog`li va borish qiyin bo`lgan hududlari bo`yicha bir tekis taqsimlanadi.

Byudjet tashkilotlari uchun qishloq xo`jaligi mahsulotlari va ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini xarid qilishga cheklangan narxlar o`rnatiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1