1

Bu yilgi saylovda jami 57 davlatdan 600 dan ziyod kuzatuvchi ishtirok etishi kutilmoqda

Siyosat 26.11.2019, 17:47
Teglar: saylov, jurnalist, akkreditasiya
Bu yilgi saylovda jami 57 davlatdan 600 dan ziyod kuzatuvchi ishtirok etishi kutilmoqda

Bu yilgi saylovlarda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a`zo bo`lgan 57 davlatdan 250 nafarga yaqin qisqa muddatli, 30 nafar uzoq muddatli, shuningdek, boshqa davlat va xalqaro tashkilotlardan 300 ga yaqin, jami 600 nafardan ziyod kuzatuvchi ishtirok etishi kutilmoqda. 

Majlisda Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga muvofiq MDH davlatlari missiyasidan 7 nafar va EXHTning demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi missiyasining 42 nafar xalqaro kuzatuvchilari akkreditasiyadan o`tkazildi.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov kampaniyasini yoritish yuzasidan mamlakatimiz va chet el jurnalistlarini akkreditasiyadan o`tkazish masalalari davom etmoqda. 2019 yilning 26 noyabr xolatiga ko`ra, akkreditasiyadan o`tkazilgan mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari soni 233 taga etdi. Xuddi shunday vakolatga ega bo`lgan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari soni esa, 67 tani tashkil etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1