1

Amudaryoda yangi korxona ish boshladi

Jamiyat 23.01.2015, 09:20
Amudaryoda yangi korxona ish boshladi

Prezidentimizning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma`ruzasida mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta`minlaydigan, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga qaratilgan investisiya loyihalari amalga oshirilayotgani ta`kidlandi, deb yozadi O`zA.
O`tgan yili iqtisodiyotimizning etakchi tarmoqlarida zamonaviy yuqori texnologiyalarga asoslangan uskunalar bilan jihozlangan ko`plab yirik ob`ektlar foydalanishga topshirildi. Ular qatorida yiliga 6 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi ham bor.
Korxonaga Buyuk Britaniya tomonidan 43,3 million AQSh dollari miqdoridagi investisiya kiritilib, mahalliy xomashyodan yuqori sifatli eksportbop to`qimachilik va trikotaj sanoati uchun ip-kalava, xom va tayyor ip gazlamalar, texnik gazlamalar, vatin hamda boshqa turdagi to`qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi.
Amudaryo tumanida ish boshlagan mazkur korxonaga 29 million AQSh dollarilik zamonaviy dastgohlar keltirib o`rnatildi. Kompyuterlashtirilgan uskuna va dastgohlarni mahalliy yoshlar mohirlik bilan boshqarib, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarmoqda.
– Ishlab chiqarayotgan mahsulotimizning 80 foizi eksport qilinadi, – deydi korxona bosh direktori Maqsud Jumatov. – Korxona to`la quvvat bilan ishga tushirilgach, yiliga 30 million AQSh dollarilik mahsulot eksport qilish imkoniyati yaratiladi. Ishlab chiqarilgan 102 ming AQSh dollarilik dastlabki mahsulot xorijga eksport qilindi.
Ayni paytda korxonada 250 kishi doimiy ish o`rniga ega. Ularning 60 foizdan ziyodi kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlardir. Korxonaning ikkinchi bosqichi ishga tushgach, yana yuzta yangi ish o`rni ochiladi.
– Korxonaning ishga tushirilishi biz, yoshlar uchun juda keng imkoniyatlar yaratdi, – deydi ishchi Maqsuda Rahimova. – Kollejni tugatib, shu erda ish boshladim. Ustozlarimdan to`quvchilik sirlarini puxta o`rganib, zamonaviy dastgohlarda sifatli ip-kalava ishlab chiqarayotganimdan xursandman. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1