1

Dunyoning eng keksa vakili Qoraqalpog`istonda yashaydi

Jamiyat 23.01.2015, 14:28
Dunyoning eng keksa vakili Qoraqalpog`istonda yashaydi

Insoniyat yaralibdiki, urmboqiylik orzusi bilan yashaydi. Dunyoning eng mashhur hakimu tabiblari ham loaqal uzoq umr ko`rish sirlari ustida bosh qotirishgan.

2013 yilda “Ginnesning rekordlar kitobi” yaponiyalik 116 yoshli qariya Dziroemon Kimuroni dunyoning eng keksa kishisi sifatida qayd etgan edi. Shunindek, turli axborot manbalarida sayyoramizning eng to`ng`ich vakili sifatida gruziyalik Antisa Xvicheva, daniyalik Kristian Mortensenni, yaponiyalik Misa Okavani, amerikalik Gertrud Uiverni, Syuzanna Mushatt Jonsni, italiyalik Emma Morano Martinussini ko`rsatishadi.

Biroq, mamlakatimizda istiqomat qiladigan To`ti Yusupovadan ulardan ancha-muncha ko`ylakni ko`proq yirtgan. Biroq, nega u dunyoning eng yoshi ulug` kishisi sifatida rasman e`tirof etilmagan? Byuu savol meni anchadan beri o`ylantirardi.

Qoraqapog`istonga xizmat safariga otlanarkanman, albatta bu tabarruk onaxonni ziyorat qilishni dilimga tukkandim. Albatta bu haqda maqolamiz so`ngida to`xtalamiz.

                   Mamlakatimizning shimoliy darvozasi

Nihoyat, bir yarim soatlik parvozdan so`ng “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasining Airbus A320 rusumli muhtasham havo kemasi Nukus xalqaro aeroportiga kelib qo`ndi.

Ushbu aeroportni bejiz mamlakatimzining shimoliy darvozasi deyishmaydi. Istiqlol yillarida bu inshoot mutlaqo yangicha qiyofa kasb etdi. Yangi aerovokzal, uchish qo`nish yo`laklari barpo etildi. Aeroport zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta`minlandi.

Bu erda turli rusumdagi havo kemalarida Moskva, Toshkent, Andijon singari shaharlarga parvozlar amalga oshiriladi. Aeroportda yo`lovchilar uchun barcha shart-sharotilar muhayo qilingan.

         Mana,  Nukus shahri ko`chalari bo`ylab ketib boyarpmiz. Zamonaviy binolar, obod makanlar, madaniy-maishiy muassalaar, barcha shahar va tumanlarini bog`lab turuvchi yo`llarning ravon va obodligini ko`rib ko`zingiz quvnaydi.

Qoraqalpog`istonda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ham ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu erda jami 1 ming 57 ta sanoat korxonasi, shu jumladan 24 ta yirik korxona, 1 ming 33 ta kichik tadbirkorlar faoliyat ko`rsatmoqda. Uchta korxonada import o`rnini bosadigan mahalliy  mahsulot ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yilgan.

Qishloq joylarida namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uylar qatoriga o`tgan yilda yana 550 tasi qo`shildi. 2009 yildan buyon Orolbo`yida bunyod etilayotgan bu zamonaviy turar-joylar soni 1 ming 700 tadan ortdi. 2014 yilda 627 ta ana shunday uylar qurilib foydalanishga topshirildi.

Mayli bu borada keyingi maqolalarimizda batafsil to`xtalamiz. Endi maqolamiz boshida tilga olingan mavzuga qayttsak

                                      Keksalari e`zoz topgan yurt

Mamlakatimizda ham aholi farvonligini yaxshilash, yoshi ulug` insonlarni ardoqlashga katta e`tibor qaratilmoqda. 2015 yil “Keksalarni e`zozlash yili” deb e`lon qilingani ham ana shunday e`tibor natijasi bo`ldi.

Raqamlarga murojaat qilsak, xalqimizning o`rtacha yoshi 1990 yildagi 67 yoshni tashkil qilgan bo`lsa, bugungi kunda  73,5 yoshga, etdi. Ayni paytda yurtimizda  8 ming 700 nafar 100 yoshdan oshgan tabarruk qariyalar yashamoqda. Har yili ana shunday nuroniylarimizga Yurtboshimizning farmoniga muvofqi “Shuhrat” medali topshirilmoqda.

         Qoraqalpog`iston Respublikasida ham bugungi kunda ana shunday tabarruk nuroniylar ko`p, Ulardan biri to`rtko`llik onaxon  To`ti mom Yusupova bu yil 135 yoshni qarshi oladilar. Biz bu tabarruk onaxonni ziyorat qilish maqsadida u istiqomat qiladigan “Ko`hna To`rtko`l” ovuliga yo`l oldik. Tuman markazidan uncha olis bo`lmagan bu ovul boshqa hududlardan deyardli farq qilmaydi. Biroq, bu kichkina qishloqda sayyoramizning 7 milliarddan ortiq aholining barchasidan yoshi ulug`roq onaxon yashaydi.

                            “Tirik tarix” bilan yuzma-yuz

Momo yashaydigan uy eshigi oldida bizning uning kenja nabirasi, 52 yoshli Hosilboy aka Tojiboev qarshi oldi. U bizni ichkariga buvasi o`tirgan hujraga boshladi.

Mana, dunyoning eng keksa onaxoni! Salom berib ostona hatladik. Hosilboy aka buvisining qulog`iga engashib:

-Sizni ko`rgani Toshkentdan muxbirlar kelishdi, - dedi. Momo boshini ko`tarib bizga o`girildi. Uning ishorasi bilan momoning qavatidan joy oldik. U har birimiz bilan bittama- bitta so`rashib chiqdi.

-Yaxshi keldinglarmi, bolalarim? Yo`llarda qiynalib qolmadinglarmi? Bola-chaqalaring chopqillab yurishibdimi?

-Rahmat, onaxon, o`zingiz tuzukmisiz? Sog`lig`ingiz joyidami?

-Xudoga shukur, umrdan bergan ekan, yashab yuribmiz. Lekin baribir sog`liq avvalgidek emas. Ba`zan u er-bu erim og`rib turadi. Shu nevara-chevaralarimga rahmat. Holimdan xabar olib turishadi. Xizmatimni qilishadi. Baraka topishsin.

Qoraqalpog`istonda nevarani  axtiq, evarani chovliq, chevarani yovliq, chevaraning bolasini yotliq (begona) deyishadi. Hosilboy akaning aytishicha, To`ti momo o`zining ettinchi avlodini ham ko`rgan. Nevara-chevara va evaralarining son-sanog`ini hech kim sanab sanog`iga etmaydi. Uning avlodlari yurtimizning turli hududlarida, hatto qo`shni yurtlarda ham yashashadi.

                            “Ginnesga da`vogar emasmiz!”

Momoning uyiga mahalliy va xorijiy jurnalistlar, mamlakatimiz va dunyoning turli burchaklaridan sayyohlar kelib turishadi. U haqida juda ko`p maqolalar yozilgan, filmlar suratga olingan. Biroq, negadir uning nomiga “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kiritilmagani bizni ajablantirdi.

         -Momongiz dunyoning eng yoshi keksa fuqarosi nomini olishga to`la ma`noda haqli. Nega buning uchun harakat qilmagansiz? Balki “Ginnesning rekordlar kitobi” tahririyatiga murojaat qilish kerakdir? – so`radik Hosilboy akadan.

         -Bu haqda ko`pchilik maslahat berdi, - deydi Hosilboy aka. – Shunday momomizning borligi – bizning baxtimiz. Shuning o`zi uchun behisob shukur qilsak, arziydi. Momomga ham, bizga ham bunday  shon-shuhratning keragi yo`q.

         To`ti momo yaqin-yaqingacha boshqalarning ko`magisiz yura olardi. Ammo, hozir uni kenja nevarasi Hosilboy aka opichlab yuradi.

         -Nevara-chevaralarimga ming rahmat, shular kunimga yarayapti, - deydi To`ti momo.

         -Uzoq umr ko`rishning siri nimada? – so`raymiz momodan.

         -Mehnatda, - deydi momo. – Umr bo`yi mehnat qildik. Erkaklar bilan tengma-teng ketmon chopdim. Kuniga 20 sotix erni bir o`zim ag`dargan paytlarim bo`ldi. Xalqimiz boshiga tushgan ko`p kunlarni ko`rdim. Uyidan eskicha  kitob chiqqanlarni ushlab ketgan paytlar bo`ldi. Qishlog`imizdan urushga ketganlarning yarmi qaytmadi. Shun kunlarga etib kelganimizga shukur.  Yurtimiz tinch bo`lsin, elimiz omon bo`lsin, - deydi To`ti momo.

         Momoni urintirib qo`ymaslik uchun u bilan suhbatni qisqa qildik. To`ti momo singari keksalik gashtini surish har birimizga nasib etsa qaniydi...

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1