Xabaringiz bor, 18 noyabr kuni Aktrisa Gavhar Sharipova Qashqadaryodagi YTH da vafot etgan edi. Uning o`limi bilan bog`liq barcha ma`lumotlar tegishli davlat organlari tomonidan o`rganilib, ma`lum qilindi. Ayrim manbalarda akrtisaning ruhiy xolati so`nggi vaqtlarda yomon ekanligi va buning sabablari ham ko`rsatilgan edi.
Aktrisa Gavhar Sharipovaning ruhiy kasallikka chalinishiga teatr sabab bo`lmagan. Bu haqda O`zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev 27 noyabr kuni jurnalistlar bilan bo`lib o`tgan ochiq muloqotda aytib o`tdi.
Vazir madaniyat muassasalari, xususan, teatrlarda yaratilgan sharoitlar, xodimlarning ish haqlari miqdorlari bosqichma-bosqich oshirilayotgani haqida to`xtalayotib, aktrisa Gavhar Sharipova o`limi atrofida tarqalgan gap-so`zlarga ham munosabat bildirdi.
«Bugun o`qib qoldim: “Men ham Gavhar Sharipovadek o`lib ketsam kerak”, “U qiynaldi” va boshqa-boshqa gaplar. Aktrisa Gavhar Sharipovaning ruhiy kasallikka tushib qolishiga teatr yoinki atrof-muhit sabab emas. Men buni ochiq aytaman. “Anaqa bo`ldi, unaqa bo`ldi”, deb yozishibdi... Keyingi vaqtlarda necha marta “O`zbekkonsert”ga ham borgan, bizga ham kelgan, kechirasizlaru — u ruhan nosog`lom edi», — deya vazir Baxtiyor Sayfullaevning so`zlaridan iqtibos keltirmoqda «Daryo» muxbiri.