1

Qozog`istonda xodimlari pora olgan amaldor iste`foga chiqariladi

Dunyo 28.11.2019, 18:27
Teglar: Qozog`iston, qonun
Qozog`istonda xodimlari pora olgan amaldor iste`foga chiqariladi

Qozog`istonda yangi qonun qabul qilindi. Unga ko`ra amaldorlarning xodimlari pora bilan qo`lga tushsa, ularning o`zi ham iste`foga chiqariladi.  

Qozog`istonda amaldorlarning qo`li ostidagi xodimlar pora bilan qo`lga tushsa, amaldorlar iste`foga chiqishini nazarda tutuvchi qonun qabul qilindi.

Endilikda siyosiy davlat xizmatchilari, ya`ni vazirlar va ularning o`rinbosarlari, viloyatlar, Nur-Sulton, Olmaota, Chimkent shaharlari hokimlari va hokim o`rinbosarlari, tumanlar hokimlari qo`li ostidagilar poraxo`rlik bilan qo`lga tushgan taqdirda iste`foga chiqishga majburlar”, - deya tushuntirgan Qozog`iston Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati raisining o`rinbosari Oljas Bektenov. 

Uning so`zlariga ko`ra, amaldor uning qo`li ostidagi nisbatan ayblov hukmi yoki oqlamaydigan asoslarga ko`ra jinoiy ish to`xtatilgandan so`ng 10 kun o`tib iste`foga chiqishga majbur bo`lishadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1