1

O`zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining uchrashuvi bo`lib o`tdi

Siyosat 28.11.2019, 19:34
O`zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining uchrashuvi bo`lib o`tdi

Turkmaniston Prezidentining O`zbekistonga amaliy tashrifi 28 noyabr kuni ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi bilan boshlandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini ko`rib chiqdilar va ularni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar, deya xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasidagi strategik sheriklik darajasiga ko`tarilgan ko`p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Muzokaralar chog`ida amaliy hamkorlik masalalariga, jumladan, o`zaro savdoni ko`paytirish, mashinasozlik, energetika, transport, qishloq xo`jaligi va boshqa ustuvor tarmoqlarda qo`shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e`tibor qaratildi.

Hududlar o`rtasida, shuningdek, madaniy-gumanitar sohada faol aloqalarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1