1

Prezident Maslahat uchrashuvini yoritish uchun kelgan OAV vakillarini qutladi

Siyosat 29.11.2019, 22:23
Prezident Maslahat uchrashuvini yoritish uchun kelgan OAV vakillarini qutladi

Prezident Toshkent shahrida o`tkazilayotgan tarixiy anjumanni – Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvini yoritish maqsadida to`plangan ommaviy axborot vositalari vakillarini qutladi.

- Uchrashuvlar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining mintaqada ishonch va yaxshi qo`shnichilik muhitini yanada mustahkamlashga bo`lgan intilishi va qat`iy siyosiy irodasining yaqqol ifodasi bo`ldi, dedi davlat rahbari. - Biz o`zaro hamkorlikning dolzarb masalalarini atroflicha muhokama qildik. Mamlakatlarimiz o`rtasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytirish yo`lida butunlay hamfikr ekanimizni yana bir bor tasdiqladik.

Prezident o`z bayonotida energetika infratuzilmalarini modernizasiya qilish va mintaqaning tranzit imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yirik loyihalarni ro`yobga chiqarish niyatida ekanligini, suv resurslaridan birgalikda foydalanish, iqlim o`zgarishlarining salbiy oqibatlarini yumshatish, ekologik xatarlarga qarshi kurashish masalalari bo`yicha ham batafsil fikr almashilganligi ta`kidlandi.

Bayonotga ko`ra, Turkmaniston Prezidentining taklifi bilan Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Abishevich Nazarboevni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvining faxriy raisi etib saylagan.  

Yig`ilishda navbatdagi Maslahat uchrashuvi kelgusi yili Qirg`izistonning Bishkek shahrida o`tkazishga kelishib olingan. Bayonotning to`lik matni bilan bu erda tanishing.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1