1

“Zamonaviy maktab”lar tashkil etiladi

Siyosat 29.11.2019, 23:29
“Zamonaviy maktab”lar tashkil etiladi

Prezident tomonidan “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaror qabul qilindi. Bu haqda Adliya vaziriligi xabar bermoqda. 

Qarorga muvofiq, ilg`or arxitektura echimlari va energiya tejovchi texnologiyalar asosida barpo etiladigan hamda jihozlanadigan, xalqaro talablar asosida sifatli ta`lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan “Zamonaviy maktab”lar tashkil etiladi.

Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi “Innovasiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK maktablarni “Zamonaviy maktab”larga qo`yilgan talablar asosida baholash bo`yicha mas`ul tashkilot etib belgilandi.

Shu munosabat bilan unga bir qator qo`shimcha vazifalar yuklatildi.

Jumladan, maktablarni “Zamonaviy maktab”larga qo`yilgan talablar asosida baholash orqali ularga muvofiqlik sertifikatini berish DUKning vazifalaridan biri hisoblanadi.

2020 yil 1 martdan boshlab davlat maktablarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlash “Zamonaviy maktab”larni qurish va rekonstruksiya qilishning namunaviy loyihalari va jihozlash me`yorlari asosida amalga oshiriladi.

Qaror bilan, shuningdek, 2020-2022 yillarda umumiy o`rta ta`lim muassasalarini “Zamonaviy maktab” talablari asosida yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlashning asosiy parametrlari va manzilli dasturlari tasdiqlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1