AsosiySalomatlik

Toshkentda yurak tomirlari ustida ilk operasiyalar o`tkazildi

Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida yangi bo`lim ochildi, u erda angiografik qurilma yordamida tomir kasalliklarini davolash mumkin. Bu haqda Uzbekistan Today xabar bermoqda.

«Ilk operasiyalarni yurak tomirlari ustida o`tkazdik, — dedi bo`lim mudiri Bahrom Alaviy. — Yangi texnologiyalar tufayli katta imkoniyatlar yuzaga kelmoqda. Tomirlar torayishi boshlang`ich bosqichlarda aniqlansa va u bartaraf etilsa, patologiyagacha etib bormaslik mumkin».

Uning so`zlariga ko`ra, markazga kelayotgan bemorlar orasida buyrak arteriyasi bekilib qolishi natijasida kelib chiqqan yuqori qon bosimi, insultga olib keluvchi uyqu arteriyasi bekilib qolishidan azob chekayotganlar ko`p. «Vaqt o`tishi bilan bunday patologiyalarga ega bemorlarga yordam berishi mumkin bo`lgan texnologiyalarni ham o`zlashtiramiz», — dedi Bahrom Alaviy.

    Boshqa yangiliklar