AsosiyJinoyat

Moskvalik ayolni zo`rlab, o`ldirib ketgan o`zbekistonlik yigit sudlanmoqda

'Moskvalik ayolni zo`rlab, o`ldirib ketgan o`zbekistonlik yigit sudlanmoqda'ning rasmi

Moskva shahar sudi shu yil may oyida Izmaylovo bog`ida bir ayolni zo`rlab, o`ldirib ketganlikda ayblanayotgan O`zbekiston fuqarosining ishini ko`rib chiqyapti. Bu haqda Moskva shahar prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa 2019 yil 28 mayda sodir bo`lgan. 23 yoshli ayblanuvchi avval moskvalik ayolni zo`rlab, keyin uning polisiyaga murojaat qilishidan qo`rqib bo`g`ib o`ldirgan va jinoyat joyidan berkingan.

Prokuratura xabarida aytilishicha, 23 yoshli o`zbekistonlikka nisbatan Rossiya federasiyasi JKning 131 (jinsiy zo`rlash) va 105-moddalari (boshqa jinoyatni berkitish uchun qotillik qilish) bilan jinoiy ish ochilgan.

    Boshqa yangiliklar