AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Rossiya harbiylari shartli terrorchilar to`dasi batamom tor-mor qilishdi

Sharqiy harbiy okrug “G`urumsaroy” dala-o`quv maydonda “Sharq – 2019” O`zbekiston va Rossi...

'O`zbekiston va Rossiya harbiylari shartli terrorchilar to`dasi batamom tor-mor qilishdi'ning rasmi

Sharqiy harbiy okrug “G`urumsaroy” dala-o`quv maydonda “Sharq – 2019” O`zbekiston va Rossiya Federasiya harbiy xizmatchilarining hamkorlikdagi taktik o`quv mashg`ulotlari bo`lib o`tdi. 

Bir nechta o`quv joylarida ishtirokchilar bilan jangovar va maxsus taktik tayyorgarlik yo`nalishlarida mashg`ulotlar tashkil etildi. Bo`linmalar oldiga qo`yilgan o`quv vazifaga ko`ra, shartli dushman ob`ektlarini qidirib topish, harakatlanish vaqtida qo`qqisdan paydo bo`lgan kichik guruhlarni yakson qilish talab etildi. Bunda asosiy e`tibor, harbiy xizmatchilarning jipsligini ta`minlash, bir-birini qo`llagan holda dushman ob`ektiga talofat etkazish kabilar bo`yicha amaliy mashg`ulotlar o`tkazildi. 

Mashg`ulotlar davomida hamkorlikdagi o`quv qatnashchilari qurol-aslaha va anjomlari bilan 5 km masofaga marsh yugurish mashqlariga jalb etilib, bunda ularning abjirligi, chidamliligi sinovdan o`tgan bo`lsa, tog` tayyorgarligidan murakkab to`siqlar yo`lagidan o`tish, yaradorlarni evakuasiya qilish mashqlarini ham katta mahorat bilan bajarishdi.

“Sharq – 2019” hamkorlikdagi o`quvlari davomida tungi sharoitda ham mashg`ulotlar o`tkazildi. Rejaga ko`ra, chegara xududlarida qo`poruvchilik harakatlarini rejalashtirgan jangari to`dani aniqlash va yakson qilish vazifasi yuklatildi. 

Shartli dushman ehtimol tutilgan hududda razvedka ishlari o`tkazilib, olingan ma`lumotlar zudlik bilan yuqori qo`mondonlikka etkazildi. Bo`linma komandiri tomonidan tegishli qaror qabul qilingach, qo`qqisdan hujum boshlandi. Shartli dushman ob`ektlari va ularning jangovar texnikalari nishonga olindi. Hamkorlikdagi bo`linmalarning tezkor va shiddatli harakati tufayli shartli terrorchilar to`dasi batamom tor-mor qilindi. 

Hamkorlikdagi o`quvlarining tantanali yopilish marosimida mashg`ulotlar yuksak saviyada o`tganligi, mashqlar ikki davlat harbiylariga tajriba almashishlari uchun katta imkoniyat yaratgani alohida e`tirof etildi. 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy 

kommunikasiyalar departamenti

 

Boshqa yangiliklar