Toshkent metropoliteni vakillari Yunusobod yo`lini uzaytirish bo`yicha qurilish ishlari 2015 yilga rejalashtirilmaganini ma`lum qildi, deb xabar bermoqda «Uz24.uz».
Shuningdek, metropoliten rahbariyatining «Uz24.uz» rahbariyatiga yozgan javob maktubida aytilishicha, hozirda yo`lkirani elektron usulda to`lash tizimini joriy etish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Yangi tizim ishga tushirilishi bilan OAVga xabar berilishi qayd etilgan.
Avvalroq, Toshkent metropolitenining Yunusobod yo`lini uzaytirish ishlari boshlanishi xabar berilgan edi.