1

O`zbekistonda totalizatorlarga ruxsat beriladigan bo`ldi

Siyosat 06.12.2019, 12:49
O`zbekistonda totalizatorlarga ruxsat beriladigan bo`ldi

Prezidentning “O`zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vaziriligi xabar bermoqda. 

Farmon bilan O`zbekistonda professional futbolni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari belgilandi.

Iqtidorli yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish (seleksiya) tizimini takomillashtirish, etakchi futbol klublariga “futbolchilar eksporti”ni amalga oshirish tizimini yo`lga qo`yish kabilar shular jumlasidandir.

Farmonga muvofiq, bolalar-o`smirlar futbol maktablari negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablari hamda bolalar va o`smirlar sport maktablari tashkil etildi.

Shuningdek, 2020/2021 o`quv yilidan boshlab tegishli ta`lim muassasalarida sport shifokori, sport psixologi, sport farmakologi, sport huquqshunosi va sport dietologi yo`nalishlari bo`yicha mutaxassislar tayyorlash tashkil qilinadi.

2021 yilgi futbol mavsumidan boshlab Superliga jamoalari o`rtasidagi uchrashuvlarda adolat va shaffoflikni ta`minlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimi joriy etiladi.

Farmonga ko`ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab  futbolning investisiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida O`zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berildi.

2020 yil 1 iyunga qadar bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq qonun hujjatlari loyihalari ishlab chiqiladi.

Ularda bukmekerlik faoliyatini lisenziyalash Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilishi, ushbu faoliyatni davlat tomonidan nazorat qilish mexanizmlari joriy etilishi kabilar nazarda tutiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1