AsosiyShou-biznes

Mashhur qo`shiqchi Demis Russos vafot etdi

O`zining ko`p yillik faoliyati davomida mashxur xonanda Goodbye my Love, Goodbye, Forever and Ever, From Souvenirs to Souvenirs, My Only Fascination ko`plab dunyoga mashxur bo`la olgan xit qo`shiqlarini yaratgan. Afsuski shu yilning, 25 yanvardan 26 yanvarga o`tar kechasi kuni Demis Russos Afina shahrida 68 yoshida vafot etdi. Uning o`limi sabablari aniq emas. Biroq aytish lozimki, u umrining oxirgi yillarida Gresiya va Fransiyada yashagan.

Demis Russos 1946 yilning 15 iyunida Gresiyada dunyoga kelgan. Uning haqiqiy ismi Artemios Venturis Russos. Otasi klassik gitarada ajoyib kuylarni ijro eta olgan, onasi esa qo`shiqchi bo`lgan. Musiqiy maktabda o`qib yurgan chog`laridayoq Demis bir qator musiqa asboblarini chalishni bilgan. Ular orasida gitara, kontrabas, organ, pianino va boshqalar bor. O`z ijodiy faoliyatini 1960 yillarda Aphrodite's Child guruhi tarkibida boshlagan. 1980 yillarda yakkaxon xonanda sifatida tanilgan.

U semizlik kasalligidan aziyat chekardi. 1980 yili uning og`irligi 147 kilogrammni tashkil etgan. Shu kungacha u ko`plab parxez turlarini qo`llab ko`rgan, ammo ular xonandaga naf bermagan. Demis Russos hayoti davomida uch bor uylangan. Ana shu turmushlaridan uning Emili ismli qizi va Sirill ismli o`g`li bor.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar