1

Konstitusiya qabul qilinganining 27 yilligiga bag`ishlangan tantanali yig`ilish bo`lib o`tdi

Siyosat 07.12.2019, 17:39
Konstitusiya qabul qilinganining 27 yilligiga bag`ishlangan tantanali yig`ilish bo`lib o`tdi

“O`zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 7 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag`ishlangan tantanali yig`ilish bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev xalqimizni ushbu qutlug` ayyom bilan tabrikladi.

Har bir davlat o`z taraqqiyot yo`lini tanlar ekan, eng muhim maqsad va vazifalarini belgilab oladi. Mamlakatimiz mustaqilligining ilk davrida qabul qilingan Konstitusiyada ham xalqimizning xohish-irodasi, inson huquq va manfaatlari, davlat tuzilishi o`z ifodasini topgan. Bosh qomusimiz, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat`i nazar, yurtimiz fuqarolari tengligining kafolatlanishini qayd etdi va zamonaviy demokratik taraqqiyot uchun zamin yaratdi.

Shu bois Konstitusiyamizni ardoqlaymiz, ulug`laymiz, o`rganamiz.

Prezident Shavkat Mirziyoev bugun o`z nutqida qonun ustuvorligini ta`minlash demokratik huquqiy davlatning bosh mezoni hisoblanishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ishlab chiqayotgan hujjatlar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari faqat va faqat Konstitusiya hamda qonunlarga muvofiq bo`lishi shartligini alohida aytib o`tdi.

Davlatimiz rahbari ta`kidlaganidek, Konstitusiya va qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratidan ko`ra samarali vosita yo`q.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1