‌Qoraqalpog`istonda‌ noqonuniy olib ketilayotgan saksovullar bolalar bog`chasiga topshirildi

Jinoyat 10.12.2019, 10:32
‌Qoraqalpog`istonda‌ noqonuniy olib ketilayotgan saksovullar bolalar bog`chasiga topshirildi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Qorao`zak tumani IIB xodimlari tomonidan Ekologiya va atrof- muhitni himoya qilish qo`mitasi davlat inspektorlari bilan o`tkazilgan reyd davomida umumiy bahosi 5 mln 600 ming so`mlik «Qizil kitob»ga kiritilgan saksovul o`simligini  olib ketayotgan shaxslar ushlandi.

Saksovullar Qorao`zak tumani «Qoybaq» OFY hududida fuqarolar J.M. va Q.A. tomonida joriy yilning 8 dekabr kүni soat 02:30 da davlat raqami 95 948 AA bo`lgan avtomobil orqali olib ketilayotganda qo`lga olingan.

Surishturuv davomida fuqarolar Beruniy tumani «Shimom» OFYda yashashi ma`lum bo`ldi. Qonunbuzarlarga O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining tegishli moddasi bilan jarima tayinlandi.

Noqonuniy olib ketilayotgan saksovullar tumandagi gaz etib bormagan 11-sonli maktabgacha ta`lim muassasasiga topshirildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1