Qonun bilan 2020 yilda byudjet jarayoni ishtirokchilari o`rtasida byudjet vakolatlari taqsimlandi.
Shuningdek, byudjet mablag`larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag`larga o`zgartirish kiritish tartibi belgilandi.
Qonun bilan respublika byudjetining daromadlari prognozi va xarajatlari, mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari prognozlari belgilandi.
2020 yil uchun ayrim soliqlar va to`lov stavkalari tasdiqlandi.
Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan er solig`i stavkalari, mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara to`lovining eng kam stavkalari kabilar shular jumlasidandir.
Qonunga ko`ra, bir qator xarajatlar respublika byudjetidan moliyalashtirishga, ayrim xarajatlar mahalliy byudjetdan moliyalashtirishga o`tkaziladi.
Jumladan, fuqarolarni o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar bo`yicha xarajatlar tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirishga o`tkaziladi.
Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.
Hujjat haqidagi to`liq ma`lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.