O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi «O`zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmoni bilan 2019−2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi qabul qilingan.
Shunga ko`ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida «Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz» shiori ostidagi oylik doirasida bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 10 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong`in xavfsizligi institutida «Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz» mavzusidagi davra suhbati o`tkazildi.


Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Tuygun Kurbanov, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi a`zosi Umid Sulaymonov, O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o`rinbosari polkovnik Abduraxim Muminov, O`zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bo`lim prokurori adliya mayori Rustamjon Kamolov, O`zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bo`lim prokurori adliya mayori Shavkat Rajabov, Toshkent shahar Sergeli tumani prokurorining o`rinbosari kapitan Asror Turg`unov, Sergeli tumani prokurorining yordamchisi leytenant Otabek Boboqulov, FVV Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi, Yong`in xavfsizligi instituti professor-o`qituvchilari, kursantlari hamda OAV vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Ushbu davra suhbatini o`tkazishdan maqsad – davlat organlari va tashkilotlarning mas`ul xodimlari tomonidan ishga qabul qilinganidan so`ng hamda muayyan vaqt o`tganidan so`ng, kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, ta`lim muassasalarining o`quv dasturlariga korrupsiyaga qarshi kurashish maxsus kurslarini kiritish, barcha ta`lim muassasalari, yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashish faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik nuqtai nazarini shakllantiradigan chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida ijtimoiy tadbirlarga yoshlarni keng jalb qilish, yoshlar o`rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida respublika miqyosida tanlovlar va musobaqalar o`tkazishga qaratilgan masalalarni muhokama qilishdan iborat.
Tadbir davomida so`zga chiqqanlar tomonidan ta`kidlanganidek, bugungi kunda korrupsiya fuqarolarning ijtimoiy adolatga, davlat organlariga nisbatan ishonchini susaytiradi, davlatning iqtisodiy o`sishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, qolaversa jamiyatdagi ma`naviy muhitni buzilishiga olib keladi. Korrupsiya – bu mansabdor shaxslar tomonidan davlat hokimiyati yoki boshqaruvi vakolatlaridan foydalangan holda shaxsiy manfaatlarni yoki boshqa shaxslar manfaatini ko`zlab sodir etiladigan jinoyatlar yig`indisi ekanligi, ayni damda korrupsiyaga qarshi kurashish barcha davlat va jamoatchilik tashkilotlari hamda moliyaviy muassasalarda ustuvor vazifaga aylanganligi borasidagi keng fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir yakunida ishtirokilarga «Korrupsiya-umr zavoli» nomli videolavhalar namoyishi havola etildi hamdakorrupsiya holatlarining yuzaga kelishiga imkoniyat yaratadigan hozirgi kundagi mavjud muammolar va ularning echimlari to`g`risida fikr-mulohazalar almashdilar.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Yong`in xavfsizligi instituti
matbuot xizmati






