“Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko`ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta`minlashning yangi tartibi joriy etildi.
Ungamuvofiq:
* Moliya vazirligi pul mablag`larini tijorat banklariga 15 yil muddatga bozor shartlari asosida joylashtiradi;
* tijorat banklari aholiga o`z mablag`lari va Moliya vazirligi ajratadigan mablag`lar hisobidan ipoteka kreditlarini taqdim etadi;
* Moliya vazirligidan ajratilgan mablag`lar hisobidan ipoteka kreditlari bozor stavkasi bo`yicha taqdim etiladi. Bunda, qarz oluvchiga kredit uy-joyning joylashgan joyi va maydonini mustaqil tanlash huquqi bilan cheklangan miqdorda beriladi;
* ayrim shaxslarga (kam ta`minlangan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj v.b.) ipoteka krediti bo`yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiyalar to`lanadi.
Yangitartibquyidagilardajoriyetiladi:
* qishloq joylarda – Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg`ona viloyatlari shaharlariga va tuman ma`muriy markazlariga tutash hududlarda;
* Toshkent shahrida, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida
Farmonga ko`ra, qishloq joylarda:
* ko`p kvartirali uy-joylar qurilishi kamida 200 ta kvartirani o`z ichiga olgan makromassivlar shaklida joylashtiriladi;
* ushbu uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi tadbirkorlar tanlov savdolari yakunlariga ko`ra aniqlanadi;
* uy-joy qurish uchun er uchastkalari tanlov g`olibi bo`lgan tadbirkorlarga elektron auksion savdolarisiz bepul beriladi.
Shahar joylarda esa, ko`p kvartirali uy-joylarni qurish uchun er uchastkalari tadbirkorlarga pullik asosda “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasidagi elektron auksion orqali amalga oshiriladi.
Moliyavazirligidanajratilganmablag`larhisobidanipotekakreditibirlamchibozordagikvartiralarnisotibolishuchun 15 yilmuddatgaberiladi.
Bunda, kredit:
* qishloq joylarda – uy-joy hisoblangan qiymatining 90 foizidan oshmaydigan miqdorda va dastlabki badal sotib olinadigan kvartira qiymatining 10 foizidan kam bo`lmagan miqdorda;
* shaharlarda – uy-joy hisoblangan qiymatining 80 foizidan oshmaydigan miqdorda va dastlabki badal sotib olinadigan kvartira qiymatining 20 foizidan kam bo`lmagan miqdorda beriladi.
Yangi tartib doirasida subsidiyalar qishloq joylarda birinchi 5 yil davomida ipoteka foizlarini qoplash uchun – 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to`lanadi.
Shaharlarda esa:
* dastlabki badalning bir qismini to`lash bilan bog`liq xarajatlarni qoplash uchun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida;
* birinchi 5 yil davomida kredit bo`yicha foizlarni qoplash uchun Toshkent shahrida – 12 foizlik punktdan oshgan qismiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida – 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to`lanadi