Poytaxt ma`muriyati ayni paytda Toshkent avtomobil halqa yo`lining Bunyodkor ko`chasidan Zargarlik ko`chasigacha bo`lgan qismini rekonstruksiya qilish loyihasi ustida ish olib bormoqda, deb yozmoqda 12news.uz.
Ushbu loyiha Toshkent avtomobil halqa yo`lining “Abu-Saxiy” bozori va “Chilonzor buyum bozori” qarshisidagi tirbandliklarni bartaraf etishga qaratilgan.
Loyiha mualliflari mazkur hududda gavjum joyga kelayotgan tranzit (o`tkinchi) avtomobillar oqimini mahalliy o`tish joylarini qurish orqali ajratishni rejalashtirishmoqda.