Butunjahon bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro UNICEF tashkilotining madhiyasiga aylanadigan, mashhur xonanda Djon Lennonning "Imagine" taronasini, tashkilotga a`zo bo`lgan har bir davlatlarda, o`sha mamlakat xonandalari ijrosidagi varianti yaratilgan. Mazkur tashkilot bu huquqni o`zbek san`atkorlari orasidan latofatli Lolaga taqdim etgandi, deb yozadi popcorn.uz.
Keyinroq esa Dj Piligrim “Imagine” loyihasining sound prodyuseriga aylangani xabar qilindi. “Yulduz” qo`shig`ining xit darajasiga ko`tarilgani va katta shov-shuvlarga sabab bo`lganini hisobga olsak, yangi loyiha ham muvaffaqiyatli amalga oshirilganiga shubha yo`q.
O`zbek estradasida o`ziga xos katta loyiha hisoblangan mazkur kompozisiya uchun bugun videoklip suratga olindi. Bunday katta ma`suliyatli ishga taniqli klipmeyker Temur Primqulov rejissyorlik qildi. Videoklipning ssenariy muallifi Gulsina Abdurahmanova.
Lola hamda Dj Piligrim imijdini yaratishda bir nechta o`z ishining ustalari bo`lgan mutaxassislar, ya`ni dizayner Hilola Sher, stilist-vizajistlar Yakusheva Diana hamda Xasanova Sonya hamkorlikda ishlashdi.
Klipda “Sato” guruhi ham ishtrok etdi, sababi qo`shiqning musiqasi mazkur guruh sozandalari tomonidan jonli ravishda yozilgan. Bundan tashqari “Tomosha” guruhining iste`dodli bolalari ham qo`shiqqa jo`r bo`lishgan.
Suratga olish jarayonida juda katta ijodiy guruh bir jamoa bo`lib ishladi. Bolalar uyidan taklif etilgan bolajonlar, qolaversa UNICEF xalqaro tashkiloti vakillari ham videoklip ishtirokchilariga aylanishdi.