AsosiyDunyo

Bebaho tushunarsiz suratlar

Ushbu suratlar aksariyat kishilarga tushunarsiz, ma`nosiz bo`libko`rinishi tayin. Ammo rassomlar tili bilan aytganda, “rassom chizgan asarni tushuna bilish uchun rassom bo`lib tug`ilish lozim”. E`tiboringizga taqdim etilayotgan suratlar garchi tushunarsiz bo`lsa-da, san`atni qadrlovchi kishilar tomonidan yuksak baholangan va juda qimmat narxda harid qilingan. Keling, ular bilan tanishib chiqamiz.  

1. “Qizil qonli oyna” deb nomlanuvchi ushbu suratning muallifi esa  Gerxard Rixter. U 1 100 000 AQSh dollariga sotilgan.

2. Ellsvort Kellining “Yashil va oq” nomli san`at asari 1 600 000 AQSh dollariga sotilgan.

3. Mark Rotko ijodiga mansub “Nomsiz” surat esa 28 000 000 AQSh dollariga baholangan.

4. Bu suratning nomi “Nomsiz surat” bo`lib, uning muallifi Blink Palermo. Ushbu surat 1,7 million AQSh dollariga sotilgan.

5. Joan Miraning "It" nomli surati  2 200 000 AQSh dollariga sotilgan.

6. Barnett Nyumanning "Oq olov I" nomli surati 3 800 000 AQSh dollariga sotilgan.

7. "Nomsiz"nomli Say Tvombli ijodiga mansub yana bir surat 23 000 000 AQSh dollariga sotilgan.

8. “Ko`k tentak” nomli ushbu surat esa Kristofer Vul tomonidan chizilgan va 5 000 000 AQSh dollariga sotilgan.

9. "Kovboy" surati Ellsvort Kelli  tomonidan chizilgan va 1 700 000 AQSh dollari deb baholangan.

10. “Joy konsepsiyasi” deb nomlangan bu surat esa Luchio Fontana ijodiga mansub bo`lib ushbu surat 1 500 000 AQSh dollariga sotilgan.

    Boshqa yangiliklar