1

O`zbekiston davlat konservatoriyasiga Baxtiyor Yakubov rektor etib tayinlandi

Jamiyat 29.01.2015, 17:34
O`zbekiston davlat konservatoriyasiga Baxtiyor Yakubov rektor etib tayinlandi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi Baxtiyor Yakubov O`zbekiston davlat konservatoriyasi rektori etib tayinlandi. Bu haqda anons.uz nashri xabar beradi.

Bungacha Yakubov 2002 yildan Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri direktori lavozimida ishlagan. U 1972 yilda Toshkent davlat universiteti roman-german fakultetini, 1977 yilda Toshkent davlat konservatoriyasini vokal sinfi bo`yicha tamomlagan. 1977-1990 yillarda Samarqand opera va balet teatrida opera yakkaxonidan teatr direktori lavozimlarigacha ishlagan. 1990-2002 yillarda esa Madaniyat ishlari vazirligi apparatida faoliyat yuritgan.

1999 yilda "Shuhrat" medali, 2014 yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan. 2009 yilda unga "O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi" unvoni berilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1