1

O`zbekistonda yangi turdagi tish plombasi yaratildi

Salomatlik 29.01.2015, 17:40
O`zbekistonda yangi turdagi tish plombasi yaratildi

O`zbekistonlik olimlar tomonidan yangi stomatologik plombalash materiali yaratildi.  Bu haqda kun.uz nashri xabar beradi.

Tarkibning o`ziga xosligi shundaki, u tish emirilishining oldini oladi. Tegishli idoralarga patent talabnomasi yuborilgan, ayni paytda yangi tarkib xususiyatlarini o`rganish davom etmoqda.

Yosh stomatolog Aziza Ro`ziboeva tomonidan ishlab chiqilgan tarkib minerallar, smola va sulfatlarni o`z ichiga oladi. Ular kerakli proporsiyada qo`llanganda nafaqat tishdagi kovakni to`ldirishi, balki tishdagi kalsiyning yuvib ketilishi natijasida emirilish boshlanishining oldini olishi mumkin. Bundan tashqari, bu tarkibdan yasalgan plombalar odatdagidan ko`ra ko`proq saqlanadi. Kashfiyotchining fikricha, material dori vositasi sifatida ham ta`sir ko`rsatishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1