Malayziya 2014 yilning mart oyida g`oyib bo`lgan, Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 747 samolyoti bortida bo`lganlar sonini rasman e`lon qildi. Bu haqda kun.uz Straits Times ma`lumotlariga tayanib xabar qilmoqda.
“327 kun davom etgan qidiruvlar, mavjud dalillar va kuzatuvlarga asoslangan holda samolyot bortida 239 kishi bo`lgani aniqlandi. Samolyotni izlash ishlari hamon davom etmoqda. Hukumat tomonidan halok bo`lganlar uchun yordam puli tayinlanadi”, – deydi Malayziya fuqarolik aviasiyasi departamenti bosh direktori Azaruddin Abdul Rahmon.
Eslatib o`tamiz, 2014 yilning 8 martida Kuala-Lumpur shahridan Pekinga uchayotgan Boeing 747 samolyoti Hind okeanining janubiy qismida aloqadan uzilgan va uning izlari haligacha qidirilmoqda.