1

Necha nafar fuqaro muddatidan avval saylovda ovoz bergani ma`lum bo`ldi

Siyosat 13.12.2019, 20:13
Teglar: saylov, fuqaro, ovoz
Necha nafar fuqaro muddatidan avval saylovda ovoz bergani ma`lum bo`ldi

12 dekabrdan boshlab, O`zbekiston hududidagi 10 260 ta saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi.

Bir kun ichida ovoz berish yakunlariga ko`ra 1 036 nafar saylov sanasida yashash joyida bo`lmaydigan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Raisi o`rinbosari Mahmud Istamov xabar berdi.

Bunda eng ko`p ovoz berganlar Qoraqalpog`iston Respublikasi va Farg`ona viloyatiga to`g`ri kelgan. Bu viloyatlarda jami 159 nafardan fuqaro o`z huquqidan muddatidan oldin foydalandi. 10 nafar shaxs Samarqand viloyatida muddatidan oldin ovoz berdi.

12 dekabrdan respublikamizning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxona va konsullik idoralarida tuzilgan 55 ta saylov uchastkalarda ham muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlangan.

Xorijdagi uchastka saylov komissiyalari 12 dekabrda saylovchilar zich yashaydigan, ishlaydigan yoki o`qiydigan joylarda ko`chma saylov qutilarida sayyor tartibda muddatidan oldin ovoz berishni tashkil qildilar. Saylovlarda 9 308 nafar xorijda istiqomat qilayotgan fuqarolar qatnashdi.

Xususan, Rossiya Federasiyasida ko`chma qutilarda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni amalga oshirilib, unda 7 638 nafar fuqarolarimiz qatnashdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1