1

Shavkat Mirziyoevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi sanasi ma`lum bo`ldi

Siyosat 13.12.2019, 21:48
Shavkat Mirziyoevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi sanasi ma`lum bo`ldi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Yaponiyaga tashrif buyurishi haqida avval xabar bergandik.

Ma`lum bo`lishicha, Shavkat Mirziyoevning tashrifi Bosh vazir Sindzo Abening taklifiga binoan 2019 yil 17-20 dekabr kunlari amalga oshiriladi.

Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe, Parlamentning Maslahatchilar palatasi prezidenti Akiko Santo, Parlamentning Vakillar palatasi spikeri Tadamori Osima, Bosh vazir o`rinbosari, moliya vaziri Taro Aso bilan muzokaralar bo`lib o`tadi. Tomonlar O`zbekiston-Yaponiya munosabatlarini, shu jumladan, istiqbolda rivojlantirishning uzoq muddatli ustuvor yo`nalishlarini muhokama qiladilar, xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashadilar.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Yaponiya Imperatori Naruxito tomonidan qabul qilinadi.

Tashrif dasturidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Sinichi Kitaoka, etakchi sanoat va moliya tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o`rin olgan. Mamlakatlarimiz ishbilarmonlik doiralari o`rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, Yaponiya kompaniyalari vakillarini O`zbekistondagi yirik investisiya loyihalarini amalga oshirishga o`zaro manfaatli shartlarda jalb qilish masalalarini ko`rib chiqish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari Yaponiyaning eng muhim iqtisodiy markazlaridan biri – Nagoya shahriga tashrif buyurib, shaharlar va ta`lim muassasalari o`rtasida sheriklik aloqalarini o`rnatish istiqbollarini muhokama qilish uchun Aichi prefekturasi gubernatori Xideaki Omura, shahar meri Takasi Kavamura, Nagoya universiteti rektori Seyichi Masuo bilan uchrashadi.

Muzokaralar natijasi bo`yicha O`zbekiston bilan Yaponiya o`rtasida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to`g`risida Qo`shma bayonot qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, bojxona, turizm, ilmiy-texnik va boshqa sohalardagi hamkorlikning shartnoma-huquqiy asosini mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1