1

O`zbekiston Prezidenti EXHT DIIHB Saylovlarni kuzatish missiyasi rahbarini qabul qildi

Siyosat 13.12.2019, 22:46
O`zbekiston Prezidenti EXHT DIIHB Saylovlarni kuzatish missiyasi rahbarini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 13 dekabr kuni Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosining (EXHT DIIHB) Saylovlarni kuzatish bo`yicha missiyasi rahbari Kaetana de Zulueta Outramni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O`zbekiston bilan EXHT va uning tuzilmalari o`rtasidagi konstruktiv hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bugungi kunda tashkilot Bosh kotibi Tomas Gremingerning mamlakatimizga tashrifi yakunida qabul qilingan EXHT bilan sheriklikni kengaytirish bo`yicha “yo`l xaritasi” amalga oshirilmoqda.

O`zbekiston tashkilotning Parlament Assambleyasidagi ishtirokini tikladi. EXHT yurtimizdagi parlament saylovlariga 1999 yildan buyon ilk bor to`laqonli missiyani jo`natdi.

Bugungi uchrashuvda hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlari xususida batafsil fikr almashildi, milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, saylov va boshqa sohalarda qo`shma tadbirlar o`tkazish masalalari muhokama qilindi.

EXHT DIIHB Saylovlarni kuzatish bo`yicha missiyasi rahbari O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul hamda mamlakatimiz EXHT bilan har tomonlama hamkorlik qilishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.

Kaetana de Zulueta O`zbekistondagi saylovlar mutlaqo yangi siyosiy muhitda, salmoqli darajada takomillashtirilgan huquqiy normalar asosida o`tayotgani, shu sababli DIIHB saylov jarayonlarini katta qiziqish bilan kuzatayotganini ta`kidladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1