AsosiyDunyo

Xayriya uchun to`plangan beysbol to`plari

Amerikalik Zak Xempl “Ginness rekordlar kitobi”ga o`zining 5800 nusxadagi beysbol to`plari jamlanmasi bilan kirdi.

Yangi to`pni qo`lga kiritish uchun u barcha beysbol o`yinlariga tashrif buyuradi va maydondan tashqariga chiqib ketgan to`plarni yig`adi. Bundan xabardor o`yinchilarning o`zi ham unga to`p otishadi. Bir o`yin davomida u o`rtacha 8-10 ta to`p yig`adi.

To`plash ishlarini Zak 1990 yilda boshlagan va maydondagi o`yinchilar bilan gaplashish uchun bir necha tilni o`rgangan. Zak shuningdek, xayriya ishlari bilan ham shug`ullanadi, endi har bir qo`lga kiritgan to`pi uchun u 7 dollar oladi va ushbu mablag`larni Pitch in for Basebal tashkilotiga o`tkazadi.

Eslatib o`tamiz: Bundan oldin eng ko`p beysbol to`plari amerikalik Dennis Shreyderga tegishli bo`lgan Uning 4600 ta to`pi bo`lgan. Undagi to`plarning deyarli har birida turli jamoa o`yinchilarining dastxatlari mavjud. Shreyderning to`plami 3 mln. dollarga baholangan.

To`plamini baholash uchun Dennis «Little Cooperstown» beysbol to`plari Muzeyini tashkil qildi. 

    Boshqa yangiliklar