1

Prezident Konstitusiya va qonun ustuvorligini ta`minlovchi qaror qabul qildi

Siyosat 15.12.2019, 10:22
Prezident Konstitusiya va qonun ustuvorligini ta`minlovchi qaror qabul qildi

Konstitusiya va qonun ustuvorligini ta`minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Konstitusiya va qonun ustuvorligini ta`minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Konstitusiya va qonun ustuvorligini, davlat organlari qarorlari, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari qonunlarga to`liq muvofiq bo`lishini ta`minlash, qonunlar ijrosini samarali tashkil etish Dasturni amalga oshirishning asosiy maqsadlaridan biri etib belgilandi.

✅ Shuningdek, qarorga muvofiq 2020 yil 1 martdan boshlab:

👉 aholi maskanlarining me`moriy qiyofasini tubdan yangilash va obodonlashtirish, ularda kompleks qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishga oid qarorlar dastlab o`sha hududdagi aholi o`rtasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan o`tkaziladi;

👉 jismoniy va yuridik shaxslarga er ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan (rasmiylashtirilganidan) keyin 1 kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e`lon qilinadi;

✅ 2020 yil 1 apreldan boshlab:

👉 shaxsni ushlash, unga prosessual huquqlarini tushuntirish, himoyachidan voz kechish harakatlarini majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibi joriy etiladi;

👉 huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan shaxs ushlanganda uning ushlangani va ushlab turilgan joyi to`g`risida uning oila a`zolariga, ular bo`lmagan taqdirda esa, boshqa qarindoshlarini yoki yaqin kishilarini darhol xabardor qilish bo`yicha majburiyat yuklanadi;

👉 2020 yil 1 iyuldan boshlab huquqni cheklaydigan prosessual majburlov choralarini qo`llash, jumladan shaxsni ushlab turish holatlari yagona elektron hisobga olish tizimiga kiritib boriladi.

✅ Bundan tashqari, 2020 yil 1 mayga qadar:

👉 prokuror, surishtiruvchi yoki tergovchining jinoyat ishini qo`zg`atish, jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish, taftish tayinlash, surishtiruv yoki dastlabki tergovni to`xtatish va jinoyat ishini tugatish haqidagi qarorlari ustidan manfaatdor shaxslar tomonidan bevosita sudga shikoyat qilish;

👉 sud ishlarini hal etishga aralashish, jumladan ishning har tomonlama, to`la va xolisona o`rganilishiga to`sqinlik qilish, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda ta`sir o`tkazish holatlari bo`yicha javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi Qonun loyihalari ishlab chiqiladi.

✅ 2020 yil 1 mayga qadar advokatura institutini yanada takomillashtirish va advokatlar mavqeini tubdan oshirish bo`yicha:

👉 Advokatura institutini rivojlantirish konsepsiyasi;

👉 Adliya vazirligining Advokatlar palatasi faoliyati bilan bog`liq bo`lgan vakolatlarini qayta ko`rib chiqish orqali ushbu tuzilmaning roli va ahamiyatini yanada oshirish;

👉 tergovchi, prokuror va sud tomonidan davlat hisobidan advokatlarni jalb qilish mexanizmini xalqaro standartlar asosida qayta ko`rib chiqish;

👉 advokatlar uchun qo`shimcha imtiyozlar belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqiladi.

Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 1 martga qadar Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2020–2021 yillarda samarali amalga oshirish bo`yicha “Yo`l xaritasi” ishlab chiqiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1